Domodedovo bojxonachilari o‘zbekistonlik qizdan million rubllik taqinchoqlarni olib qo‘ydi

Foto: Marina Listseva
Domodedovo bojxonasi xodimlari Dubaydan uchib kelgan 24 yoshli o‘zbekistonlik qizdan qiymati bir million rubldan ortiq turuvchi zargarlik buyumlarini musodara qildi. Bu haqda Domodedovo bojxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qiz yashil yo‘lakda to‘xtatilgan. Uning qo‘l yuki ichida Cartier uzugi va bilaguzugi hamda sirg‘alar bo‘lgan.
"O‘zbekiston fuqarosi bu taqinchoqlarni unga dam olayotib tanishib qolgan bir yigit sovg‘a qilganini bildirdi. Uning aytishicha, taqinchoqlarning narxini bilmaydi, ularning hujjati ham yo‘q bo‘lgan", — deyiladi xabarda.
Ekspertlarning aniqlashlaricha, zargarlik buyumlari 750-probali oq oltindan tayyorlangan bo‘lib, brilliantlar o‘rnatilgan. Ularning qiymati ichki bozorda bir million 71 ming rublni tashkil etadi.


Taqinchoqlar musodara qilindi, qizga buyumlarni deklaratsiyadan o‘tkazmaganligi uchun katta miqdorda jarima solinadi.
Mavzuga oid

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi

22:43 / 20.05.2025