Tramp va Mun Chje In Shimoliy Koreya amerikaliklarni ozod qilganini qutlashdi

Foto: AP Photo / Evan Vucci
AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari Donald Tramp va Mun Chje In Shimoliy Koreyada hibsda ushlab turilgan 3 amerikalikning ozod qilinishini qutlashdi va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Pxenyanga tashrifini muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy ma'lum qildi.
Avvalroq Pompeo Shimoliy Koreyaga tashrifi natijalariga ko‘ra, AQShga o‘zi bilan hibsda ushlab turilgan 3 amerikalikni olib keta olganidan xursandligini aytgandi. “Ryonxap” axborot agentligining ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Tramp iltimosiga ko‘ra amerikaliklarni afv etish va ozod qilishni buyurgan.
Tramp Kim Chen In bilan may yoki iyun boshida uchrashmoqchi. Uchrashuv Tramp Vashingtonda Janubiy Koreya prezidentini qabul qilgandan so‘ng, ya'ni 22 maydan keyin o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

12:31 / 30.05.2025
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT

23:49 / 29.05.2025
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi

13:00 / 06.05.2025