Medvedevning matbuot kotibi Telegram’ga qanday qilib kirishni deputatga tushuntirdi
Rossiya Davlat dumasining «Yedinaya Rossiya» partiyasidan deputati va «Vedomosti» nashrining parlamentdagi sobiq muxbiri Natalya Kostenko Feysbukdagi o‘z sahifasida o‘ziga Telegram’dan yozmaslikni so‘radi, sababi u ushbu servis ishlamayotganini aytgan.
Ushbu xabarga qoldirilgan izohlardan biri esa Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedevning matbuot kotibi Natalya Timakova tomonidan yozildi. Timakova VPN’dan foydalanishni maslahat bergan.

Timakovaning izohi OAV e'tiborini tortgach, yozuv Kostenkoning sahifasidan yo‘qolib qoldi. Biroq, Timakova ertasi kuni jurnalist Oleg Kashinning sahifasidagi izohlarda «deputat bilan hazillashgani»ni yozib qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Roskomnadzor 16 apreldan Rossiyada Telegram’ni bloklamoqda. Messenjer bloklashni chetlab o‘tish uchun muntazam manzilini o‘zgartirmoqda: buning uchun Amazon Web Services, Google Cloud, Microsoft Azure va boshqa bulutli xizmatlar IP-adreslarini qo‘llamoqda. Shundan keyin Roskomnadzor bu provayderlarning IP-adreslarini ommaviy bloklashni boshlagan.
Mavzuga oid

17:30 / 04.06.2025
Rasmlarni HD formatda yuborish, audio xabarlarni kesish va kanallar bilan muloqot – Telegram’da yangilanishlar

21:50 / 03.06.2025
«Portlashi kerak bo‘lgan hamma narsa portlatiladi» – Medvedev «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasiga Rossiyaning javobi qanday bo‘lishi haqida

19:19 / 28.05.2025
Telegram'ga Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti integratsiya qilinadi

23:21 / 24.05.2025