Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda KUN.UZ axborot manbasi xabar berdi.
Yig‘ilishda “Obod qishloq” dasturiga muvofiq qishloqlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish, bu borada mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish muhokama qilinadi.
Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, soliq, iqtisodiyot, moliya, bandlikka ko‘maklashish markazi, kommunal soha rahbarlari, arxitektorlar, kadastr, elektr, gaz, suvoqava, MFY raislari, tadbirkorlar ishtirok etadi.
Mavzuga oid

12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi

12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi

12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi

11:46 / 26.05.2025