Qidiruvda bo‘lgan shaxs Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi
Buxoroda talonchilik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro IIB xabar berdi.
O‘tkazilgan “Qidiruv” tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2017 yilning yanvar oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan, Kogon shahar, Mash'al ko‘chasida yashagan, 1995 yilda tug‘ilgan A.S. Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida qo‘lga olindi.
U O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan va Buxoro viloyati IIBga qarashli 3-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

18:19 / 04.06.2025
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

16:16 / 16.05.2025