APL. «Chelsi» super-iroda namoyish etib, «Sauthempton»ni yengdi

Foto: Twitter/@ChelseaFC
Angliya Premer-Ligasi 34-turida «Chelsi» safarda «Sauthempton» mehmoni bo‘ldi.
Mezbonlar amaldagi chempionga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, 60-daqiqada 2:0 hisobida oldinda borishayotgan edi. Shundan so‘ng, Antonio Konte maydonga Olive Jiruni tushirdi.
Bu esa o‘yin yo‘nalishini umuman o‘zgartirib yubordi. «Chelsi» 8 daqiqa ichida uchta gol urib, g‘alabani ilib ketishga erishdi. Jiru gollardan 2tasiga mualliflik qildi.
Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 60 ochko bilan 5-o‘rinda boryapti. «Sauthempton» 28 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi.
APL, 34-tur
Sauthempton – Chelsi - 2:3
14 aprel, «Sent-Meris» stadioni
Gollar: 1:0 – 21 Tadich, 2:0 – 60 Bednarek, 2:1 – 70 Jiru, 2:2 – 75 Azar, 2:3 – 78 Jiru.
Sauthempton – Makkarti, Soaresh, Bednarek, Bertran, Xudt, Uord-Prouz (Ostin, 79), Romeu, Tadich (Sims, 83), Xeyberg, Yosida, Long.
Chelsi – Kurtua, Keyxill, Kristensen, Alonso, Aspilikueta, Villian, Fabregas, Azar (Mozes, 86), Kante, Dzappakosta (Pedro, 61), Morata (Jiru, 61).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (42), Uord-Prouz (44), Azar (64), Bertran (65), Romeu (78), Long (81), Villian (82).
Mavzuga oid

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

02:11 / 29.05.2025
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

14:01 / 12.05.2025