Turkmaniston prezidenti harbiylarga avtomatdan qanday o‘q uzish kerakligini namoyish qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov davlat xavfsizlik xizmati yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda harbiylar va huquq-tartibot organlarining joriy yilning birinchi choragidagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi. Bu haqida Turkmaniston davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
O‘q uzishga doir o‘quv mashqlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, Berdimuhammedov hamda harbiy va huquq-tartibot organlari rahbarlari tirda turli zamonaviy qurollar yordamida merganlik mashqlarini o‘tkazishdi. CA-News shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Berdimuhammedov harbiylarga IWI Tavor avtomatidan qanday foydalanish kerakligini namoyish qilgan.
Prezidentning ortidan harbiy va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari rahbarlari o‘z mahoratlarini namoyon qilishgan.



Mudofaa vaziri Yaylim Berdiyev prezidentga joriy yilda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan «Amul-Xazar 2018» xalqaro avtorallisi ramzi tushirilgan velosipedni sovg‘a qildi.


Mavzuga oid

16:56 / 15.04.2025
Turkmanistonda xorijliklarning kirishini soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda

00:41 / 30.03.2025
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

17:00 / 19.03.2025