Tramp Meksika bilan chegarani muhofaza qilishda milliy gvardiyani jalb qilishga ruxsat berdi

Foto: Kevin Lamarque/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarani muhofaza qilishga milliy gvardiyani qo‘llashga ruxsat beruvchi memorandumni imzoladi. Bu haqda Oq uy xabar bermoqda.
“Mudofaa vaziri janubiy chegara xavfsizligini ta'minlashda va davlatimizga giyohvand moddalar, kontrabanda, jinoyatchilar va noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatishga qaratilgan boshqa zarur choralarni qabul qilishda milliy xavfsizlik vazirligini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Mudofaa vaziri bu missiyani bajarishda milliy gvardiya harbiylarini qo‘llashni talab qilishi darkor”, deb aytilgan hujjatda.
Avvalroq Tramp mudofaa va milliy xavfsizlik vazirliklariga chegarani muhofaza qilishga milliy gvardiyani jalb qilishni buyurgandi, bu esa Meksikada salbiy munosabat keltirib chiqargan.
Milliy gvardiya AQSh qurolli kuchlarining bir turi hisoblanib, ham federal hukumatga, ham har bir shtat rahbariyatiga bo‘ysunadi. Milliy gvardiya zarurat bo‘lganda tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurashda, yirik tartibsizliklarni bostirishda jalb qilinadi. Milliy gvardiya xizmatchilari shuningdek jangovar harakatlar hududlariga jo‘natilishlari mumkin.
Ta'kidlanishicha, milliy gvardiya chegarani muhofaza qilishda faqatgina milliy xavfsizlik vazirligiga yordam berish ishlarida qo‘llanadi. Milliy gvardiya jangchilarida qurol bo‘lmaydi va ular migratsiya yoki bojxona nazorati vazifalarini amalga oshirmaydilar.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46 / 18.04.2025