Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX raisi ShHT MATT direktori bilan uchrashdi

Foto: ecrats.org
2018 yilning 30 mart kuni ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi qarorgohida ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Ye.Sisoyevning O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ijroiya qo‘mitasi direktori O‘zbekiston DXX raisini ShHT MATT shakllanishi va rivojlanishi tarixi, uning tuzilmasi, vazifalari va asosiy ish yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Ta'kidlanishicha, MATTning so‘nggi 15 yillik faoliyati davomida ShHTga a'zo davlatlar tegishli organlari o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlar o‘rnatildi. U O‘zbekiston va uning Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan berilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik izhor qildi.
Ixtiyor Abdullayev MATT mintaqaviy xavfsizlik tizimi va terrorizmga qarshi kurashish choralarini yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutishini, shuningdek, ShHTga a'zo davlatlar tegishli organlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarni saqlab qolish va rivojlantirish lozimligini qayd etdi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

13:27 / 23.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

09:27 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi

21:20 / 21.07.2025