02:34 / 28.03.2018
34340

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Marokashdan mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Marokashga qarshi o‘tkazdi. "Stade Mohamed V" stadionida kechgan uchrashuv Marokashning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

4-daqiqada  Al Kaabi hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada da Koshta jamoasining 2-golini kiritdi. 

Marokash – O‘zbekiston 2:0

Gollar: 1:0 – 4  Al Kaabi, 2:0 – 43 da Koshta.
Marokash – Muhammaddiy (Tanyauti, 46), Xakimi, da Koshta, Al-Xadjam (Saidi, 81),  Al Kaabi (Azaru, 62), Fajr, Saiss (Nairi, 62), Xarit, Amrabat, Labyad (Bufal, 46), Bammu (Ziyesh, 72).
O‘zbekiston – Suyunov, Muhammadiyev, Azamov, Ashurmatov, Zoteyev (Komilov, 76), Siddiqov (Shomurodov, 83), Musayev (Hamrobekov, 45), Masharipov, Aliboyev (Shukurov, 69), Rashidov (Mirzayev, 56), Bikmayev (Abduxoliqov, 56).
Ogohlantirishlar: Rashidov (42), Ashurmatov (72), Fajr (85).

Mavzuga oid
Top