Damas’da yo‘lovchilarni tashish bosqichma-bosqich Peugeot mikroavtobuslariga o‘tkaziladi

Foto: Peugeot
O‘zbekistonda Damas avtomashinalarida yo‘lovchilarni tashishni bosqichma-bosqich Peugeot mikroavtobuslariga o‘tkazish dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari o‘rinbosari Shoolim Shovahobov aytib o‘tdi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive O‘zbekiston — Fransiya avtomobil zavodi o‘z mahsulotlarining birinchi turkumini joriy yil dekabr oyida yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu yerda ikki rusumdagi – “Pejo bokser” (10-12 xil modifikatsiyali) va “Pejo ekspert” (7 ta modifikatsiya) ishlab chiqariladi. Yiliga birinchi turdagi model 3 mingta, ikkinchisi esa 13 mingta tayyorlanadi.
Bugun xususiy tashuvchilar orasida Damas o‘zining iqtisodiy tejamkorligi bilan mashhur. Ammo bu turdagi transport vositasi yo‘lovchilar uchun juda noqulay hisoblanib, favqulodda vaziyatlarda xavfsiz emas.
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbari o‘rinbosari Shoolim Shovahobovning aytishicha, ayni paytda mamlakatda yo‘lovchi tashishda 36 mingta Damas’dan foydalanilyapti.
“To‘g‘ri, bugungi kungacha yurtimiz viloyatlari shahar oldi va shaharlarida Damas’lar qatnayapti. Poytaxtda esa ular endi yo‘q. Joriy yilning to‘rtinchi choragida Jizzaxda 11 va 17 o‘rinli yangi mikroavtobuslarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur texnika bosqichma-bosqich yo‘llarimizdagi Damas’larni almashtiradi. Tashuvchilar ushbu texnikani kutishyapti, bizning agentlikda ham bunday mikroavtobuslarni sotib olish bo‘yicha dastur bor. Bu xuddi, masalan, O‘zbekistonda “Tiko” ishlab chiqarish to‘xtatilgandan so‘ng, “Matiz” va “Spark” ishlab chiqarishga o‘tilgani kabi yangi bosqichga ko‘tarilish bo‘ladi”, — dedi Sh. Shovahobov.
Ma’lum qilinishicha, yangi mikroavtobuslar shinam, xavfsiz va boshqarishga qulay, shuningdek, benzin sarflash nuqtai nazaridan tejamkordir.
Mavzuga oid

18:11 / 02.04.2025
Toshkentda minivenlarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi

09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi

09:44 / 27.05.2024
Olmaliqda «Damas» kanalga tushib ketdi

11:01 / 11.05.2024