AQSh sobiq prezidenti Trampga KXDR bilan muzokaralarda yordam bermoqchi

Foto: CBS
AQSh sobiq prezidenti Jyeyms Erl (Jimmi) Karterning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar amaldagi yetakchisi Donald Trampga Shimoliy Koreya bilan muzokaralarda yordam berishni xohlaydi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Karterning suhbat davomida ta'kidlashicha, o‘z siyosiy faoliyati davomida KXDR rahbariyati bilan taxminan 20 soatga yaqin muloqot qilgan.
«Men ular nimani istashayotgani va nimaga ehtiyoji borligini tushunaman. Hattoki shu hafta mening yonimga Oq uy vakili keldi va KXDR bilan munosabatlar bo‘yicha so‘nggi ma'lumotlarni taqdim etdi», - deya qayd etib o‘tdi Karter.
Shuningdek siyosatchining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar hozirgi prezidentini garchi o‘zini tutishi tufayli ko‘p tanqid qilishsa ham, Tramp Shimoliy Koreyadan AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish xohishi haqidagi xabarlarni «ijobiy kayfiyatda qabul qildi».
Mavzuga oid

10:18
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

21:37 / 17.04.2025
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

17:01 / 17.04.2025
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46 / 17.04.2025