Qirg‘iziston prezidenti apparatiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: 24.kg
Muhammedkaliy Abilgaziyev Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari etib tayinlandi. Mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov bu boradagi tegishli farmonni imzoladi.
U 1968 yilning 20 yanvar kuni Norin viloyatining Qo‘chqor tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda K.Skryabin nomidagi qishloq xo‘jaligi institutini, 1997 yilda Qirg‘iziston Xalqaro universiteti iqtisodiyot va biznes fakultetini tamomlagan.
2016 yilning 13 aprelidan Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Sooronbay Jeenbekov iste'foga chiqqanidan so‘ng, 22 avgustdan bosh vazir vazifasini vaqtincha bajargan. 2017 yilning 26 avgust – 2017 yilning 12 sentabrida Qirg‘iziston prezidenti maslahatchisi. 2017 yilning 12 sentabr kuni Qirg‘iziston prezidenti apparati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 8 mart kuni Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari lavozimidan ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025