Namanganda urush qatnashchisiga “Matiz” sovg‘a qilindi

Namangan shahrida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sergey Kryukovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – “Matiz” avtomobili tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda “KUN.UZ” tahririyatining viloyatdagi muxbiriga shahar hokimligi manbasi ma'lum qildi.
Dunyo ahlini o‘z vaqtida fashizm balosidan qutqarishda faol ishtirok etgan, Sergey Aleksandrovich kabi hozirda hayot bo‘lgan kam sonli urush faxriylariga hurmatu ehtirom ko‘rsatish bugungi kunda har bir yoshning burchidir. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti barchamiz uchun ibrat namunasini ko‘rsatdi.
Sergey Kryukovning xonadoniga tashrif buyurgan Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabarruk otaxonga davlatimiz rahbarining sovg‘asini taqdim etishdi.
Qayd etish joiz, qutlug‘ yoshdagi nuroniyning nabirasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Antonina Iplina yaqinda Yurtboshimiz farmoniga asosan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mustaqil ijod qiladigan shoir va tarjimonga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.
Oqilxon DADABOYeV
Mavzuga oid

17:54 / 05.04.2025
Yana Namangan: mashinani ijaraga olgan o‘quvchilar ayanchli YTHga uchradi

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

17:55 / 01.04.2025