Akayev va Bakiyev Qirg‘izistondagi qurultoyga taklif etildi

Foto: Kloop.kg
Qirg‘iziston milliy-vatanparvar kuchlari va faollar tashabbusi bilan qurultoy tashkil etilmoqda. Bu haqda «24.kg» tashkiliy qo‘mita a'zosi Adil Turdukulovga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurultoy 2010 yilning 7 apreli voqealariga bag‘ishlanishi rejalashtirilgan.
«Biz qurultoyda har bir sohadagi dolzarb mavzularni muhokama qilishni istaymiz. Hozircha uch asosiy mavzu bor: korrupsiyaga qarshi kurash, siyosiy mahbuslar bilan bog‘liq vaziyat hamda so‘z erkinligi. Bugun tashkiliy qo‘mitaning ilk yig‘ilishi o‘tkazildi. Juda jiddiy bahslar bo‘ldi», — degan Adil Turdukulov.
Bo‘lajak forum delegatlari nima uchun milliy qurultoy instituti g‘oyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini muhokama qilishmoqchi. Tashkiliy qo‘mitadagilar bunda Jogorku Kenesh deputatlarini aybdor deb hisoblashadi.
Qurultoyga mamlakatning sobiq prezidentlari, hozirda qochqinda bo‘lgan Askar Akayev va Kurmanbek Bakiyevni ham taklif etishgan.
«Biz ularni taklif qildik, chunki kuchlarni birlashtirish vaqti keldi. Konsensus topish kerak. Maqsadimiz — barcha siyosiy tomonlarni birlashtirishdir», — deya izohlagan Adil Turdukulov.
Mavzuga oid

20:30 / 17.04.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56 / 17.04.2025
Rossiya TIV Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari tahqirlanganiga izoh berdi

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:50 / 15.04.2025