Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyani o‘tkazish masalasini muhokama qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2018 yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Xitoy Xalq Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning maxsus vakili Afg‘oniston va Germaniya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

09:54 / 26.07.2025
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31 / 26.07.2025