Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ukraina pul yuvishga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi

Foto: Prokuratura.uz
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Ukrainaning Davlat moliyaviy monitoring xizmati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Ukraina idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va yuvish, terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Idoralar jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga shubha qilingan moliyaviy amaliyotlar to‘g‘risida o‘zaro ma'lumot almashadilar.
Mavzuga oid

19:17
Germaniya kansleri: «Biz tinchligimizga jiddiy tahdidni ko‘rmoqdamiz - va bu Rossiya»

16:34
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025