Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Notting-Xill» filmida Xani Teker rolini ijro etgan aktrisa hayotdan ko‘z yumdi

Foto: TELEGRAPH
«Notting-Xill» filmida Xani Teker rolini ijro etgan britaniyalik aktrisa Emma Chembers 53 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. The Telegraph aktrisaning agenti Jon Grantga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Jon Grantning so‘zlariga ko‘ra, Chembersning o‘limi tabiiy sabablar natijasida kelib chiqqan.
Aktrisaning «Notting-Xill» bo‘yicha hamkasbi aktyor Xyu Grant o‘zining Twitter sahifasida Chembers o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirgan. "Emma Chembers juda samimiy inson va albatta, ajoyib aktrisa edi. Juda qayg‘ulik xabar", - deb yozgan u.
Emma Chembers 1964 yilning 11 mart kuni Britaniyaning Saut-Yorkshir grafligidagi Donkaster shahrida tug‘ilgan. U 1999 yilda rejissyor Rojyer Mitchellning «Notting-Xill» filmida rol ijro etganidan so‘ng keng ommaga tanilgan. Filmda Emma Chembers va Xyu Grantdan tashqari Juliya Roberts ham rol o‘ynagan.
Mavzuga oid

17:26 / 25.07.2025
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari

20:45 / 21.07.2025
Harorat keskin ko‘tarilishi issiqlikdan o‘lim holatlarini uch baravar oshirishi mumkin – Jahon banki

16:36 / 30.12.2024
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda

09:32 / 24.12.2024