Xitoy raisi an'analarni buzib uchinchi muddatga qolishi mumkinmi?

Foto: Jason Lee / Reuters
Xitoy kommunistik partiyasi rahbariyati konstitutsiyadan Xitoy raisi lavozimini egallash uchun muddatlar sonini cheklash haqidagi so‘zlarni olib tashlashni taklif qildi. Hozir bu lavozimni Si Tszinpin egallamoqda. Oktyabrda uning ismi Mao Tszedun va Den Syaopin qatorida partiya nizomiga kiritildi.
Xitoy kompartiyasi markaziy qo‘mitasi mamlakat konstitutsiyasiga Si Tszinpinning sotsializmning “yangi davr”iga qarashlarini aks ettiruvchi o‘zgarishlarni kiritishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
O‘zgarishlardan biri Xitoy raisi lavozimini bir kishi egallashi muddatiga cheklovni olib tashlashga taalluqli. Xitoy konstitutsiyasiga ko‘ra, ushbu lavozimda ikkita 5 yillik muddatdan ko‘p qolib bo‘lmaydi. Si Tszinpin vakolatlari 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi.
2017 yil oktabrda kompartiya o‘z qurultoyida an'anani buzib, Si Tszinpinning vorisini ma'lum qilmagan. Ushbu qurultoyda Si Tszinpin ismi kompartiya nizomiga kiritildi va u nizomga kiritilgan Xitoyning ilk zamonaviy yetakchisi bo‘ldi. Qurultoygacha nizomga zamonaviy Xitoy asoschisi Mao Tszedun va islohotchi Den Syaopin ismlarigina kiritilgan bo‘lgan.
O‘sha qurultoyda yuz bergan xodimlar almashtirilishlari mutaxassislar tomondan “inqilob” deb atalib, Xitoy rahbari qoidani buzib, uchinchi muddatga qolishi mumkinligi borasida shubhalar bildirila boshlangan.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar 2018 yil mart oyida o‘tadigan Xitoy parlamenti – Xitoy xalq vakillari yig‘inining navbatdagi sessiyasidayoq kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid

16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

14:49 / 20.04.2025
Xitoyda yadroviy bo‘lmagan vodorod bomba sinovdan o‘tkazildi

10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi

15:22 / 19.04.2025