Erondagi namoyishlar davomida 25 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilindi

Foto: AFP 2018 / Mohammad Ali Marizad
Eron sud idoralari Eronda yaqinda yuz bergan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar va hibsga olinganlar bo‘yicha aniq ma'lumotlarni berdi. Ma'lum qilinishicha, namoyishlar davomida 25 kishi halok bo‘lgan, 400 kishi hibsga olingan. Bu haqda Press TV xabar bermoqda.
Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani va 450ga yaqin kishi hibsga olingani ma'lum qilingandi.
Eronning yirik shaharlari, jumladan Tehron, Mashhad, Isfaxon va Reshtda 28 dekabrdan boshlab bir necha kun davomida norozilik namoyishlari o‘tgandi. Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ta'kidlashicha, noroziliklar ichki muammolar hamda boshqa davlatlar gijgijlashi sababli yuz bergan.
Mavzuga oid

09:32
Eron armiyasi sun’iy intellektga asoslangan o‘ta maxfiy quroli borligini ma’lum qildi

15:18 / 20.04.2025
Rimda Eron va AQSh o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

21:53 / 15.04.2025