«Barselona» yana bir futbolchi sotib oldi

Foto: AFP
«Palmeyras» klubining kolumbiyalik himoyachisi Yyerri Mina «Barselona» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda AS.
Mina transferi uchun «Barselona» 12,3 million yevro to‘ladi. Uning tovon puli 100 million yevro qilib belgilandi. 12 yanvar kuni futbolchining rasmiy tanishtirish marosimi o‘tkaziladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kolumbiyalik futbolchining Barselona tomon parvoz qilayotgani suratlari keng tarqaldi. Unda futbolchi o‘z vakili bilan samolyotda olingan rasmi tasvirlangan.
O‘tgan mavsumda Mina «Palmeyras» tarkibida 22ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

12:41 / 06.04.2025