Video: Namoyishchilar Tehrondagi maydondan politsiyachilarni haydab yubordi

Internetda Erondagi hukumatga qarshi norozilik namoyishlarining uchinchi kunida politsiya bilan to‘qnashuvlar aks etgan videolar tarqaldi.
Mamlakatning markaziy qismidagi Arak shahrida namoyishchilar Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibidagi Basij tashkiloti qarorgohini yoqib yuborishgan.
Mamlakat poytaxti Tehron shahrida esa Ozodiy maydoniga yig‘ilgan xalq politsiyani maydon hududidan haydab yuborgan.

Mashhadda esa namoyishchilar politsiyachilarning mototsikllarini tortib olib ularga o‘t qo‘ymoqda.
Inflyatsiya, rahbariyat va katta xarajatlar talab qilayotgan tashqi siyosatga qarshi joriy namoyishlar Eronda 2009 yildan beri o‘tayotgan eng yirik namoyishlarga aylandi. O‘shanda Mahmud Ahmadinajodning prezident saylovlarida g‘alaba qilganiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid

17:45
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi

18:56 / 06.06.2025
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi

13:02 / 06.06.2025
O‘zbekiston Eron portiga sarmoya kiritib, maxsus terminal quradi

19:55 / 05.06.2025