Politsiyachi velosipedda Lamborghini’da o‘tirgan qoidabuzarga yetib oldi
Yaponiyalik politsiyachi velosipedda sportkar haydovchisini quvib yetishning uddasidan chiqdi. Poyga videoyozuvi comb318 YouTube-kanalida e'lon qilingan. Unga SoraNews24 nashri e'tibor qaratdi.
To‘q sariq rangdagi Lamborghini Huracán haydovchisi (ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, dvigatel quvvati 610 ot kuchiga teng) yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda voqea joyidan yashirinish haqida qaror qabul qilgan. Uni rul oldida savatchaga ega bo‘lgan oddiy velosipedda o‘tirgan politsiyachi quvib ketgan. Huquqni muhofaza qilish organi xodimi qoidabuzarga nafaqat yetib olgan, balki unga jarima ham yozgan.
Hodisa aynan qaysi shaharda yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga oid

00:05
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi

21:43 / 04.06.2025
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi

20:09 / 02.06.2025
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi

19:23 / 02.06.2025