Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkak bir-biri bilan urishayotgan ikki kenguruni “uyaltirdi” (video)
Avstraliyaning Gold Kost shahrida yashovchi erkak bir-biri bilan urishayotgan ikki kenguruni tasvirga oldi. Qandaydir onda erkak bu “mushtlashuv”ni tomosha qilishdan zerikib, urishqoq kengurularga “tanbeh berib”, ularni yarashtirib qo‘yishga qaror qildi.
Erkakning taxminicha, kengurular urg‘ochi kenguruni “bo‘lisha olishmagan”.
“Yetar, bas! Axir, siz do‘stsiz-ku. Ota-onangiz bu qilmishingizni ko‘rsalar nima deydilar? Men ularni qayerdan topishni bilaman”, deb baland ovozda “murojaat qilgan” erkak.
Kengurular shu ondayoq urishishdan to‘xtab, quloqlarini ding qilib olganlar. “Ota-onalari” haqidagi so‘zlarni eshitishgach esa voqea joyidan “juftakni rostlashgan”.

Mavzuga oid

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

23:51 / 14.07.2025
Avstraliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi

19:14 / 14.07.2025
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

18:24 / 10.07.2025