Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chingizxonning suratini toptab tashlagan shaxs qamaldi

Foto: Wikipedia
Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumani sudi 2017 yilning may oyida qadimiy hukmdor Chingizxonning suratini toptab tashlagan va o‘z xatti-harakatlari aks etgan videoni internetda joylashtirgan erkakni bir yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Mahalliy rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng bir necha fuqaro video bo‘yicha politsiyaga darhol xabar yo‘llagan. Yakunda, 13 dekabr kuni ma'lum qilinishicha, Lo familiyali yosh yigit etnik prinsip bo‘yicha nifoqqa da'vat etuvchi xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortildi. Sudlanuvchi sud yig‘ilishi davomida o‘z qilmishi uchun uzr ham so‘ragan, deb xabar bermoqda Channel News Asia portali.
Mo‘g‘ullar imperiyasi asoschisi Chingizxon nafaqat Mo‘g‘ulistonning o‘zida, balki undan tashqarida ham etnik mo‘g‘ullar orasida katta nufuz va hurmatga ega.
Xitoyning “Veybo” mikrobloglar tarmog‘idagi qator foydalanuvchilar esa Loga chiqarilgan hukmdan norozilik bildirishdi. Ta'kidlanishicha, Xitoy qonunchiligi bu sohada ancha tushunarsizdir. Shuningdek, hukumat “Mo‘g‘ullar imperiyasi qonunlari”ga ko‘ra ishlarni olib borishda ayblangan.
Mavzuga oid

07:40 / 23.07.2025
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

20:55 / 22.07.2025
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

08:08 / 22.07.2025
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti

15:08 / 21.07.2025