AQShda Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 3,5 ming hujjat oshkor qilindi

Foto: Library of Congress/Victor Hugo King
15 dekabrda AQSh milliy arxivlari AQShning sobiq prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 3,5 mingdan ko‘proq yangi hujjatni oshkor qildi.
Arxivlar saytida ma'lum qilinishicha, hujjatlarning oshkor qilinishi ushbu ish bo‘yicha joriy yildagi oltinchisi va oxirgisi bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, hozirda 1992 yilgi tegishli qonunda ko‘zda tutilgan barcha hujjatlar to‘liq yoki qisman e'lon qilib bo‘lindi. Faqatgina 88 ta hujjat bundan istisnodir, chunki ular “milliy arxivlar va boshqa idoralar mutaxassislari tomonidan qo‘shimcha o‘rganilishi” kerak.
2017 yil iyulidan boshlab umumiy holda Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 34 mingga yaqin hujjat oshkor qilindi.
Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallas shahrida otib o‘ldirilgan. Tergovning rasmiy versiyasiga ko‘ra, prezident joniga sobiq harbiy Li Xarvi Osvald qasd qilgan.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46 / 18.04.2025