Vetnamlik yigit sun'iy nafas berish orqali cho‘kayotgan kuchukchani qutqardi
Vetnamlik velosipedchi plastik butilka yordamida nafas yo‘llariga sun'iy ventilyatsiya yo‘llash orqali cho‘kayotgan kuchuk bolasini qutqardi. U jarayonni boshidagi dubulg‘asiga biriktirilgan kameraga muhrladi.
Yigit dastlab hushini yo‘qotgan jonivorni artib, tilini yutib yuborganmi yoki yo‘q - tekshirdi, keyin tubi olingan plastik butilkani olib, kuchukchaga sun'iy nafas bera boshladi. Shundan so‘ng kuchukchada hayotga qaytish belgilari sezildi.
Velosipedchi uni isitish uchun matoga o‘radi. Vetnam ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida u sun'iy nafasni to‘g‘ri berish qanday bo‘lishini bilmasligini, shunchaki intuitiv harakat qilganini aytdi.
Kuchukchaning keyingi taqdiri haqida ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid

14:20 / 13.03.2025
Ispaniyada kir yuvish mashinasiga tiqilib qolgan qiz qutqarildi

09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi

14:00 / 09.07.2024
Bo‘stonliqda tog‘da jarohat olgan fuqaro qutqarildi

11:54 / 26.08.2023