Jahon | 20:24 / 23.11.2017
7937
1 daqiqa o‘qiladi

Mugabe va uning rafiqasiga jinoiy ta'qib qilinmasliklariga va'da berildi

Foto:Philimon Bulawayo/Reuters

Zimbabve harbiylarining aytishlaricha, mamlakatning sobiq prezidenti Robert Mugabe va uning rafiqasi Greys Mugabe jinoiy ta'qib qilinishdan daxlsizlik bilan ta'minlanadilar. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Shuningdek, ularga mamlakatda qolishga ruxsat beriladi.

Zimbabve qurolli kuchlar vakili, polkovnik Overson Mugvizining aytishicha, Mugabe bilan u va uning rafiqasi uchun daxlsizlik va xavfsiz qolish kafolati berilishini o‘z ichiga olgan bitim tuzilgan.

Ta'kidlanishicha, Mugabe harbiylar hokimiyatni qo‘lga olganlaridan keyin ular bilan bir hafta muzokara olib borgan.

Mavzuga oid