To‘tiqush politsiyachini chalg‘itdi

Foto: oregonlive.com
Oregon shtatining Klakamas okrugi politsiya patruli kurerdan kelib tushgan qo‘ng‘iroqqa ko‘ra voqea joyiga chiqqan. Kurer yordam berish haqidagi hayqiriqlarni eshitgach politsiyani chaqirtirishga qaror qilgan, biroq aniqlanishicha, baqirayotgan odam emas, to‘tiqush bo‘lgan. Bu haqda The Oregonian nashri xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, UPS kurerlik xizmati xodimi mashinada ketayotganda, uylardan biri ichidan yordam berish haqidagi ovozlarni eshitgan. U rafiqasiga telefon qilib, politsiya chaqirtirishni aytgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar ham ichkaridan kimdir yordam so‘rayotganini eshitishgan. Ular uyga kirishganda ne ko‘z bilan ko‘rishsin, yordam so‘rayotgan odam emas, to‘tiqush bo‘lgan.
Mavzuga oid

17:11 / 04.06.2025
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi

18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

17:23 / 11.03.2025