AQShning O‘zbekistondagi elchisi Qoraqalpog‘istonga bordi

Foto: Qoraqalpoq davlat universiteti
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen, AQSh elchixonasi madaniyat ishlari bo‘yicha xodimi Kirsten Michener, tarjimon Abdumalik Ismoilov, AQSh elchixonasi ingliz tili dasturi koordinatori Nodira Melibayeva, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi xodimi O‘tkir Tajimovlar 2017 yil 30 oktabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.
Pamela Spratlen rektor A.Reymov bilan chet tillari fakultetida Axborot resurs markazini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu markazga 231 atamadagi 600 dan ortiq kitoblarni sovg‘a qilishdi. Bunda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan (beg‘araz ko‘magi) 2017 yil iyun oyida universitetga talabalar ingliz tilini mukammal o‘rganish uchun bahosi 15,677 ming AQSh dollari bo‘lgan ingliz tilidagi kitoblar va bahosi 1,218 ming AQSh dollarilik televizor hamda kompyuter jihozlari ajratilgan.



Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025