Emeri Neymar bilan yuzaga kelgan mojaroga izoh berdi

Foto: Marca
«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Neymar haqida o‘z fikrlarini aytdi.
Avvalroq, braziliyalik futbolchi Emerining ish uslubidan norozi bo‘lib, «Barselona»ni tark etganidan afsusdaligi haqida xabarlar tarqalgandi.
«Neymar katta ishtiyoq va mehnat qilish istagi bilan jamoaga kelib qo‘shildi. U har tomonlama yuqori saviyaga ko‘tarilish uchun zarur bo‘lgan barcha hislatlarga ega. U videotahlillar paytida diqqat-eʼtiborini jamlab, birinchi qatorda o‘tiradi. Umuman olganda, barcha futbolchilar taktika mashg‘ulotlarining qanchalik muhim ekanini biladi. Agar ular bu haqda iltimos qilsa, men mashg‘ulotlarni o‘tkazmasligim mumkin», — dedi Emeri UYeFA rasmiy sayti xabarida.
Mavzuga oid

20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi

10:01 / 03.06.2025
PSJ g‘alabasidan keyin tartibsizliklar: Parijda yana 79 kishi ushlandi

13:29 / 01.06.2025
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi

01:49 / 01.06.2025