Putin BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etishni rejalashtirayotgani yo‘q

Foto: © RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasining sentabr oyida Nyu Yorkda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga ma'lum qilgan.
"Yo‘q. RF prezidentining ishtiroki rejalashtirilmayapti", — degan Peskov.
BMT Bosh Assambleyasi 12 sentabr kuni ochiladi. 19 sentabrdan oliy darajadagi haftalik doirasida umumsiyosiy masalalar muhokama qilinadi.
Bosh Assambleya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi haqida avval xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida

00:47 / 18.04.2025
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi

17:23 / 17.04.2025