BMT Xavfsizlik Kengashi KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Foto: Stephanie Keith /Reuters
BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRning so‘nggi raketa sinovlarini qoraladi va ularni jahonning barcha mamlakatlariga tahdid sifatida baholadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, kengash Shimoliy Koreya harakatlari bo‘yicha bir qarorga kelgan va «KXDRni Yaponiya ustidan uchib o‘tgan ballistik raketa parvozini amalga oshirgani, shuningdek, 25 avgust kuni ko‘plab ballistik raketalar uchirilishi yuz bergani tufayli jiddiy qoraladi».
«Xavfsizlik Kengashi shuni qayd etadiki, KXDRning bunday harakatlari nafaqat mintaqa, balki BMTning barcha a'zo davlatlariga tahdid uyg‘otadi», - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Xavfsizlik Kengashidan ma'lum qilishlaricha, Pxenyan Amerikaning Guam oroliga zarba berish bilan qo‘rqitishni bas qilishi lozim.
Avvalroq Oq uy KXDR bo‘yicha barcha variantlar ko‘rib chiqilayotgani haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

11:35 / 05.06.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

01:02 / 30.05.2025