Avstraliya Shimoliy Koreya tufayli Xitoyga bayonot bilan chiqdi

Avstraliya tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan qit'alararo ballistik raketaning uchirilishini qoraladi.
«Avstraliya mintaqada KXDR xatti-harakati va siyosati sabab paydo bo‘layotgan tahdidga kerakli javob bo‘lgan himoya choralari amalga oshirilayotganini qo‘llaydi. Mintaqada bosimning keskinlashishiga KXDR rejimi mas'uldir», - deyiladi Avstraliya TIV saytidagi bayonotda.
Shuningdek, Avstraliya Xitoyni KXDRga bosim ko‘rsatishga chaqirdi. Ma'lum qilinishicha, shu orqali Pxenyanni kelajakda shunday sinovni o‘tkazmaslikka ko‘ndirish mumkin ekan.
Avvalroq Yaponiya va AQSh KXDRga bosimni kuchaytirish niyatida ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:48 / 07.06.2025
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

18:56 / 06.06.2025