Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Mayamida «PSJ»ni mag‘lub etdi

International Champions Cup turniri doirasida «PSJ» «Yuventus» bilan o‘ynadi. Mayami shahridagi «Xard Rok» stadionida kechgan bahsda turinliklar so‘nggi daqiqada g‘alabaga ega chiqdi.
45-daqiqada Gonsalo Iguain hisobni ochdi, 53-daqiqada parijliklarning yangi hujumchisi Gonsalu Guedesh javob golini urdi.
Italiyaliklarga Klaudio Markizioning gollari g‘alaba keltirdi. U dastlab u 62-daqiqada o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi, ammo o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Pastore hisobni tenglashtirdi. Bahs tugashiga 1 daqiqa qolganida Markizio penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, parijlar turnedagi ikkinchi mag‘lubiyatini tan oldi, bungacha Unay Emeri shogirdlari penaltilar seriyasida «Roma»ga yutqazgandi. «Yuventus» 30 iyul kuni «Roma» bilan o‘ynaydi.
International Champions Cup
«PSJ» – «Yuventus» 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 45 Iguain, 1:1 – 53 Gonsalu Gedesh, 1:2 – 62 Markizio, 2:2 – 80 Pastore, 2:3 – 89, penalti Markizio.
«PSJ» – Areolya (Deskam, 61), Tiago Silva (Markinos, 46), Berchiche (Kurzava, 46), Mene (Dani Alves, 46), Kimpembe, Matyuidi (Nkunku, 46), Motta (Kallegari, 46), Lukas Moura (Gonsalu Gedesh, 46), Verratti (Lo Chelso, 46), Di Mariya (Pastore, 61), Kavani (Xese, 46).
«Yuventus» – Buffon (Pinsolo, 65), Benatiya (De Shilo, 46), Aleks Sandro (Mandragora, 46), Lixtshtayner (Asamoa, 46), Kellini (Bardzali, 46), Kuadrado (Sturaro, 46), Xedira (Pyanich, 46), Bentankur (Rinkon, 46), Mandjukich (Kin, 46), Dibala (Kaligara, 46), Iguain (Markizio, 46).
Ogohlantirishlar: Bentankur (23), Verratti (29), Dani Alves (60).

Mavzuga oid

12:14 / 14.07.2025
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi

08:07 / 10.07.2025