O‘rtoqlik uchrashuvlarida yana bir kutilmagan hisob «Inter» va «Bavariya» o‘yinida qayd etildi

Singapurdagi «Milliy» stadionda Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Bavariya» va «Inter» uchrashuvi o‘tkazildi. Luchano Spalletti shogirdlari bu uchrashuvni osonlik bilan o‘z foydasiga hal qildi.
O‘yinning 8-daqiqasidayoq «Inter» Antonio Kandreva va Eder juftligi kombinatsiyasidan keyin hisobda oldinga chiqdi - 1:0. Eder 30-daqiqada Ivan Perishichning pasini golga aylantirdi – 2:0.
O‘yinning qolgan qismida vaziyat o‘zgarmadi. «Bavariya» turnirda uchinchi marta mag‘lub bo‘ldi. Bungacha myunxenliklar «Arsenal»ga penaltilar seriyasida yutqazgandi (2:3), keyin «Milan»ga qarshi o‘yin yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan tugadi (0:4). Shuningdek, «Chelsi»ga qarshi o‘yinda 3:0 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan.
«Inter» esa «Lion» bilan uchrashuvda g‘alaba qozongandi (1:0).
International Champions Cup
«Bavariya» – «Inter» 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 8 Eder, 0:2 – 30 Eder.
«Bavariya» – Ulrayx (Xofmann, 69), Alaba, Xummels (Martines, 46), Rafinya (Fridl, 46), Gettse, Xames (Myuller, 46), Dorsh, Riberi (Pantovich, 33), Tolisso (Sanshesh, 46), Koman, Levandovski (Vintsxaymer, 69).
«Inter» – Handanovich, Shkrinyar (Ranokkiya, 90), Nagatomo (Valietti, 90), D`Ambrozio (Ansaldi, 84), Miranda (Murilo, 84), Kondogbia, Valero (Galyardini, 66), Joau Mariu (Brozovich, 66), Kandreva (Biabiani, 65), Perishich (Pinamonti, 84), Eder (Gabriel, 50).
Ogohlantirish: Gettse (59).
Mavzuga oid

01:49 / 01.06.2025
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi

16:34 / 31.05.2025
Final oldidan: kim va nega g‘olib chiqishi mumkin?

19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar

18:36 / 07.05.2025