Boshqotirmalar yechishning foydasi aniqlandi

Illyustrativ foto
Bir guruh britaniyalik olimlar krossvordlar (boshqotirma) ishlash va bosh miya salomatligi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Mutaxassislar London bo‘lib o‘tgan AAIC 2017 xalqaro konferensiyada shu mavzuda ma'ruza qilishdi, deb yozmoqda EurekAlert nashri.
Olimlar 50 yoshdan katta bo‘lgan 17 ming sog‘lom kishi orasida so‘rov o‘tkazib, ulardan bir nechta vazifani ham ado etishni so‘rashgan. Natijada ma'lum bo‘lishicha, har kuni turli xil boshqotirmalarni bajarish inson miyasi sog‘lig‘ini yaxshilaydi va uning faoliyatini kuchaytiradi.
«Biz krossvordlarni ko‘p ishlaydiganlar bilan diqqatni talab etuvchi, mantiqiy va xotiraga doir vazifalarni bajaruvchilar o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladik», — degan tadqiqotning yetakchi muallifi Kit Vesnes. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotda ishtirok etganlar orasida boshqotirmalarni ko‘proq bajaruvchilar o‘zlaridan 10 yosh kichik bo‘lganlar singari topshiriqlarni uddalashgan.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025