Yildirim: «15 iyul kuni oliyjanob xalqimiz demokratiya uchun kurash epopeyasini yozdi»

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi bosh qarorgohida «15 iyuldagi milliy iroda g‘alabasining tahlili» kitobining taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ana shunday bayonot berdi.
Turkiya bosh vazirining ta'kidlashicha, 15 iyul kuni Turkiya xalqi 15 iyul kuni demokratiya uchun kurash epopeyasini yozgan, o‘sha tunda butun mamlakat bo‘ylab ongli qarshilikning namunasi namoyish etilgan.
Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) ning bosh qarorgohida «15 iyuldagi milliy iroda g‘alabasining tahlili» kitobining taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda chiqish qilar ekan, turk hukumatining boshlig‘i shunday degan: «15 iyul kuni oliyjanob xalqimiz demokratiya uchun kurash epopeyasini yozdi. O‘sha tunda vatandoshlar o‘z ixtiyori bilan mamlakat maydonlariga chiqishgan. Maydonlarda to‘plangan vatandoshlar biror bir tajovuzkorlik ko‘rsatishmagan. O‘sha tunda butun mamlakat bo‘ylab ongli qarshilikning namunasi namoyish etilgan. Xalq oyoqqa qalqdi va sotqinlarga o‘z nomusini bulg‘ashga yo‘l qo‘yib bermadi. Hech qanday fitnalar bizning birodarligimizni buza olmaydi. Biz barcha qadriyatlarimizni qaytarib olamiz va dushmanlarga bu mamlakatning biror farzandini berib qo‘ymaymiz. Toki aybdorlarning barchasi jazoga giriftor bo‘lmas ekan, uyqu va hordiq biz uchun begona bo‘ladi».
«Biz sotqinlarga mamlakatimiz, vatanimizni berib qo‘ymadik, endi ularga o‘z kelajagimizni ham bermaymiz», — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan Binali Yildirim.
Mavzuga oid

19:16
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

18:35 / 02.06.2025