Hindistonlik kechki ovqat kechikkani uchun xotinini o‘ldirdi

Hindiston politsiyasi kechki ovqatni vaqtida olib kelmagani uchun turmush o‘rtog‘ini otib tashlagan 60 yoshli erkakni qo‘lga olmagan. Bu BBC News xabar tarqatgan.
«Janob Kumar har kuni ichib yurgan. 8 iyul, shanba kuni ham u uyiga mast holatda kelgan va rafiqasi bilan janjal boshlagan. Rafiqasi qattiq xafa bo‘ladi, u bilan vaziyat haqida gaplashib olishga harakat qiladi, ammo u ovqat so‘raydi. Yakunda er xotinini otib tashlaydi», — deya matbuotga ma'lum qilgan politsiya vakili Rupesh Singh.
Ayolni shifoxonaga olib ketishgan, ammo u yo‘lda jon bergan.
Hindistonda erlarning rafiqalariga zo‘ravonlik qilishi oqibatida o‘lim ro‘y berishi — eng ko‘p uchraydigan jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. 2015 yilda o‘rtacha har daqiqada erning xotinga zo‘ravonligi holati qayd etilgan. BBC News tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, erkaklarning 54 foizi va ayollarning 51 foizi er ayolini qarindoshlariga hurmatsizlik uchun, bolalarga beparvoligi va hatto ovqatning tuzi pastligi uchun urishi mumkin, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid

16:11 / 17.04.2025
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin

09:55 / 17.04.2025
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda

08:32 / 17.04.2025
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:23 / 14.04.2025