Video: Burgut baliqchining balig‘ini o‘g‘irlab ketdi
Internetda Kanadaning Vankuver shahrilik baliqchi Eshton Fillips o‘ljasining burgut tomonidan o‘g‘irlanishi tasvirlangan video ommalashdi.
Baliqchining so‘zlariga ko‘ra, u qushni qayig‘iga yaqinlashib kelayotgan paytida kameraga olishni xohlagan, biroq burgut unga tegishli baliqni o‘marib ketishini xayoliga ham keltirmagan ekan.
- Men bu burgut sohil chizig‘i bo‘ylab uchayotganini ko‘rdim, shuning uchun kamerani chiqarib, fotosuratga olmoqchi bo‘ldim. Kutilmaganda u mening qayig‘imga qarab uchib kela boshladi, - deydi baliqchi.
Fillipsning qo‘shimcha qilishicha, bunday holat ro‘y berishi mumkinligini hatto o‘ylab ham ko‘rmagan ekan.

Mavzuga oid

09:41 / 30.06.2025
Kanadada Yerdagi eng qadimiy toshlar topildi

14:52 / 28.06.2025
Raqamli xizmatlar solig‘i – AQSh va Kanada o‘rtasida yangi savdo urushi xavfi yuzaga keldi

11:35 / 28.06.2025
AQSh Kanada bilan barcha savdo muzokaralarini to‘xtatdi

10:27 / 19.06.2025