Brexit bekor qilinishi mumkinmi?

Foto: BBC
Yevroittifoq rahbari Donald Tusk Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi (YeI) tarkibida qolishi mumkinligiga hali-hanuz umid bildirmoqda. U YeI sammiti ochilishi arafasida Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Britaniyalik ba'zi do‘stlarim mendan Brexit bekor bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘qligi to‘g‘risida so‘rashadi. Men ularga aytaman - YeI imkonsizdek tuyulgan orzular ustiga qurilgan. Shuning uchun - kim biladi deysiz? Meni xayolparast deyish mumkin, lekin birgina men bunday emasman", - deydi u.
Tuskning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi - "eng murakkab jarayon". "Muzokaralar uch kun avval boshlandi. Bu YeI yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan eng qiyin jarayon", - deya ta'kidladi Yevroittifoq rahbari.
London va Bryussel o‘rtasidaga rasmiy muzokaralar 19 iyun kuni Belgiya poytaxtida boshlangan. U 2018 yilning noyabriga qadar davom etadi, shundan so‘ng erishilgan kelishuvlarni milliy parlamentlarda ratifikatsiya qilish uchun tomonlarga yarim yil vaqt beriladi.
Mavzuga oid

16:24
Yevropaga ochilayotgan eshik: Slovakiya bosh vaziri tashrifi va O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar

11:52 / 07.06.2025
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025