WannaCry virusidan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar ma'lum qilindi

Foto: aljazeera.com
Rossiyaning «Laboratoriya Kasperskogo» kompaniyasi vakili Dmitriy Bestujyevning ma'lum qilishicha, WannaCry virusidan Lotin Amerikasida eng ko‘p zarar Meksika davlatiga yetgan. U zarar darajasi bo‘yicha Rossiya, Ukraina, Xitoy va Hindistondan so‘ng beshinchi o‘rinda turibdi, deb xabar tarqatdi Economista.
«Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Meksika Lotin Amerikasida hujumlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi, o‘tgan jumada esa bu ko‘rsatkichda Braziliya «yetakchi» edi. Ta'kidlab o‘tish lozimki, «Kasperskiy» ma'lumotiga qaraganda, Meksika jahon bo‘yicha beshinchi o‘rinda turibdi», - deya aytib o‘tdi u.
Bestujyevning aniqlik kiritishicha, eng ko‘p zarar korporativ va institutsional mijozlarga yetgan, ularda internetga ulangan ko‘plab qurilmalar mavjud.
Mavzuga oid

08:36
Kellogg AQShning Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chiqishi ehtimoli haqida fikr bildirdi

21:47 / 20.04.2025
Kreml Pasxa munosabati bilan e’lon qilingan sulhni uzaytirishdan bosh tortdi

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025