Putin FXXga davlat ehtiyojlari uchun yerlarni tortib olish huquqini berdi

Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ga davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini tortib olish huquqini berdi. Huquqiy axborot internet-portalida shunga muvofiq farmoyish chop etildi.
Qarorga muvofiq prezidentning 2003 yil 11 avgustidagi 960-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rossiya FXX nizomiga o‘zgarishlar kiritiladi. "9-punktni quyidagi mazmundagi 73-band bilan to‘ldirilsin: o‘z vakolatlari doirasida Rossiya Federatsiyasi ehtiyojlari uchun yer uchastkalari yoki ularda joylashgan ko‘chmas mulk obektlarini tortib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi", - deyiladi hujjatda.
Unga ko‘ra, qaror ijrosi FXXning harbiylar va fuqarolik personali shtatini kengaytirish yoki federal byudjyetdan qo‘shimcha mablag‘ ajratishni talab qilmaydi.
FXX 2016 yilning avgust oyi oxirida unga yer uchastkalarini tortib olish huquqini berishni so‘rab murojaat qilgandi.
Manbaga ko‘ra, davlat ehtiyojlari uchun yerlarni tortib olish xalqaro kelishuvlar, qurilishlar, davlat va mahalliy obektlarni qayta ta'mirlash, shuningdek federal qonunlar tomonidan belgilangan asoslar bo‘yicha alohida holatlardagina amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

18:03 / 18.04.2025