Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li uchinchi marta umrbod ozodlikdan mahrum etildi
Bishkek shahri Birinchi may tuman sudi respublikaning sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiyevning o‘g‘li Maksimga sirtdan hukm chiqardi. U korrupsiya va pullarni noqonuniy o‘tkazishda aybdor deb topilib, uchinchi marta umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Tazabek portali xabar qilmoqda.
Nashrga ko‘ra, 2014 yil oktabrida ushbu sud kichik Bakiyevga 50 mln dollarni «Aziyauniversalbank»dan olib chiqishga doir ish bo‘yicha umrbod qamoq jazosi tayinlagan edi. Bundan avval, o‘sha yilning aprel oyida Birinchi may tumani sudyasi Maksimni tadbirkor Shon Deyliga suiqasd qilish bo‘yicha ishga aloqador deb topgan va dastlabki umrbod qamoq jazosini tayinlagandi.
Kurmanbek Bakiyev 2010 yil aprelida ag‘darilgan va respublikadan Belorussiyaga qochgan edi. Uning o‘g‘li Maksim ayni vaqtda Londonda qochqin maqomida istiqomat qiladi.
Mavzuga oid

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025