Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy davlat kengashi: Ipak yo‘li davlatlari innovatsiyalarga e'tibor qaratishlari lozim

Foto: Fotolia
Ipak yo‘li davlatlari rivojlanish uchun innovatsiyalarga e'tiborni qaratishlari lozim, deb aytdi "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida o‘tayotgan xalqaro hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi forumda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli.
"Bizga innovatsiyalarga asoslangan rivojlanishni ilgari surishga e'tibor qaratish, atrof-muhitni innovatsiyalar uchun optimallashtirish lozim", deb aytdi Gaoli.
Gaolining aytishicha, forumda tashabbusda ishtirok etuvchi davlatlar rivojlanishi strategiyalarini birlashtirish haqidagi bir qator kelishuvlar imzolandi. Gaolining fikricha, Ipak yo‘li davlatlari bozorlarini integratsiyalashni chuqurlashtirish lozim.
Pekinda 14-15 may kunlari "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida forum bo‘lib o‘tmoqda.
Xitoy 2013 yilda iqtisodiy rivojlanishning "Bir makon, bir yo‘l" yangi strategiyasi haqida e'lon qilgan. Bu tashabbus Yevrosiyo davlatlari o‘rtasida infratuzilma yaratish va o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Mavzuga oid

23:34 / 06.08.2025
Modi 7 yil ichida birinchi marta Xitoyga tashrif buyuradi

20:15 / 06.08.2025
Xitoyda Chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari 7000 dan oshdi

21:08 / 05.08.2025
“Chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi” – Sanepidqo‘mita

14:22 / 05.08.2025