Bler: Brexit Shimoliy Irlandiyaning Buyuk Britaniya tarkibidan chiqishi bilan xafv solmoqda

Foto: Reuters
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligining to‘xtatilishi Shimoliy Irlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday fikrni The Times nashriga Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler bildirdi.
"Brexit ancha ko‘p odamlar birlashgan Irlandiyani qo‘llab-quvvatlashini bildiradi", deb aytdi Bler va "Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirollikning bir qismi" bo‘lib qolishiga umid bildirdi.
Dublin Irlandiya birlashadigan bo‘lsa, Yevropa yetakchilari bilan Shimoliy Irlandiyaning Yevropa Ittifoqiga avtomatik qo‘shilishi masalasi bo‘yicha kelishib olgan, deb ta'kidlamoqda nashr.
Irlandiya bosh vaziri Enda Kenni Brexit oqibatida Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirollikni tark etib, Yevropa Ittifoqi a'zosi hisoblanadigan Irlandiya bilan qo‘shilishi mumkinligini aytgandi. Uning aytishicha, Belfast kelishuvining qoidasi qo‘llanib, Shimoliy Irlandiya maqomi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi mumkin. 1998 yilgi ushbu kelishuvga muvofiq, Shimoliy Irlandiya ko‘pchilik aholisi o‘z davlatlarining Buyuk Britaniyada qolishini istaguncha, uning tarkibida qoladi.
Shimoliy Irlandiya ko‘pchilik aholisi o‘tgan yil iyuldagi referendumda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida a'zo bo‘lib qolishi uchun ovoz bergandilar.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025