WhatsApp foydalanuvchilar haqida ma'lumotlarni to‘plagani uchun jarimaga tortildi

Foto: PA WIRE/PA IMAGES
Italiya antimonopol boshqarmasi WhatsApp messenjeriga egalik qiluvchi kompaniyaga 3 mln yevro jarima soldi. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar bermoqda.
WhatsApp foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni messenjerga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasiga berishga rozi bo‘lishga majburlaydigan shartlarni suqishtirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, WhatsApp agar foydalanuvchilar ma'lumotlar yig‘ilishiga rozilik bermasalar, unda messenjerdan foydalana olmasliklarini aytgan.
Ma'lum qilinishicha, bunday qoidabuzarlik uchun maksimal jarima 5 mln yevroni tashkil qiladi. WhatsApp vakillari ushbu holatga izoh berishni istashmagan.
2016 yil avgustida WhatsApp dasturchilari foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Facebook bilan bo‘lishishlarini ma'lum qilishgan. Ularning ta'kidlashicha, bu reklamani targetlashni yaxshilashga imkon beradi. Kompaniyada foydalanuvchilar agar istashmasa, o‘z haqlaridagi ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqqa bermasliklari mumkinligi aytilgan.
2016 yil oktabrda Yevropa Ittifoqi nazorat idoralari WhatsApp’dan foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni Facebook’ga uzatishni to‘xtatishni talab qilishgan, chunki ular foydalanuvchilar bunday operatsiyalarga rozilik berganlariga shubha qilishgan.
Messenjerni yaratgan WhatsApp kompaniyasi 2009 yilda tashkil etilgan. 2014 yilda messenjer Facebook tomondan 19,3 mlrd dollarga sotib olingan.
Mavzuga oid

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi

11:54 / 31.03.2025
Italiya Rossiyani YeI obekti ustidan dron uchirganlikda gumon qilmoqda

15:50 / 27.03.2025