Jasurbek Latipov O‘zbekistonga oltinchi oltin medalni olib berdi (Video)

Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati final bahslari davom etmoqda.
Osiyo chempionati oltin medali uchun jangda o‘zbekistonlik Jasurbek Latipov hamda janubiy koreyalik Inkyu Kim o‘zaro bahs olib borishdi. Hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Jasurbek Latipov raqibini mag‘lub etdi.
52 kg vazn toifasidagi final ishtirokchilaridan avval, JCh yo‘llanmasi uchun chorak finalda mag‘lub bo‘lgan bokschilarning o‘tish janglari bo‘lib o‘tdi. Unda shri-lankalik Seneviratne Bandara hamda yaponiyalik Ryusey Baba o‘zaro kuch sinashdi.
Unda yaponiyalik bokschining qo‘li baland keldi.
Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025