Turkiya Milliy suverenitet va bolalar kunini nishonlamoqda

"Bolalar - hayot gullari!" - Turkiyaning har bir fuqarosi uchun bu so‘zlar alohida ahamiyatga ega. O‘sib kelayotgan avlodga benihoya mehr-muhabbat ko‘rsatish - xalqning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. "Anadolu" shu haqidagi maqolasini taqdim etdi.
Turkiyada bolalarga bag‘ishlangan maxsus bayram bo‘lib, u har yili 23 aprelda nishonlanadi.
Shu kuni Turkiyaning barcha maskanlarida davlat bayrami - Milliy suverenitet va bolalar kuni nishonlanadi.
Bolalar shu kuni milliy kiyimlarda Turk Respublikasi asoschisi - Mustafo Kamol Otaturk maqbarasini ziyorat qilishadi, buyuk davlat arbobi xotirasiga uning poyiga gullar qo‘yishadi.
Turkiya ta'lim vaziri Ismat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya Anqaradagi Turk Respublikasi asoschisi - Mustafo Kamol Otaturk maqbarasini ziyorat qildi.
Bayram kuni butun mamlakat bo‘ylab bolalar va o‘smirlar uchun teatr va konsertlar namoyish qilinadi.
TRT 39-Xalqaro bolalar festivalida yuzlab bolalar ishtirok etadi.
Turkiyada Bolalar kuni 1920 yildagi Anqaradagi Buyuk Milliy Majlisning birinchi chaqirig‘i sharafiga nishonlanadi.
Millat kelajagi o‘sib kelayotgan avlodga bog‘liqligini ta'kidlagan Otaturk vasiyatiga ko‘ra, bu kuni kattalar o‘z joylarini vaqtinchalik kichiklarga bo‘shatishadi.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025