Toshkent viloyatida talonchilar qo‘lga olindi
Toshkent viloyati Angren shahrida 3 nafar noma'lum shaxslar ishdan chiqib, oilasiga shoshilgan 1975 yilda tug‘ilgan D.Karimovni tunab ketdilar, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati
Jabrdiyda fuqarodan 450 000 so‘m puli va “Nokiya” mobil telefoni bo‘lgan sumkasini tortib olib, qo‘lga kiritgan jinoyatchilar shu onda ko‘zdan g‘oyib bo‘lishga urinishadi. Lekin buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, ular ham uzoqqa borisha olmadi. Ichki ishlar xodimlarining tezkor harakatlari natijasida talonchilar qo‘lga olindi.
Eng achinarlisi, biri 55, ikkinchisi 40 yoshni qoralagan bu kimsalar endi 20 yoshdan oshgan o‘z mahalladoshi Furqat ko‘chasida yashagan D.Majidovni jinoyatga undagan.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi

11:56 / 16.04.2025